Maltaning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

Karmelo Inguanez Maltaning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining “Telegram” kanalida maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, 23-yanvar kuni Maltaning mamlakatimizdagi birinchi elchisi etib tayinlangan Karmelo Inguanez Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorligʻini topshirdi.
Shuningdek, tadbir kun tartibidan ikki tomonlama aloqalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, parlamentlar oʻrtasida doʻstlik guruhlarini tashkil etish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, turizmni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim sohasida aloqalarni jadallashtirish va mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yuksaltirishga qaratilgan boshqa yoʻnalishlar muhokamasi joy olgan.
“Muzokaralar chogʻida diplomatik pasport egalari uchun oʻzaro vizasiz rejim joriy qilish toʻgʻrisida bitim imzoladik”, — deb yozgan Oʻzbekiston TIV rahbari.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning Malta bilan diplomatik aloqalari 1993-yil 25-fevralda oʻrnatilgan. Ikki mamlakat ham oʻtgan 32-yil mobaynida oʻzaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda mustahkam hamkorlik qilib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Mirzo Bobur – buyuk imperiya asoschisi
- Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi
- Milliy gvardiyaga yangi vakolat berildi
- Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish masalalari muhokama qilindi
- Prezident “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring