Malavi vitse-prezidenti aviahalokatga uchradi

20:21 11 Iyun 2024 Dunyo
460 0

Bortida Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana toʻqqiz kishi boʻlgan samolyot 10-iyun kuni mamlakat ichida ayeroport radarlaridan gʻoyib boʻlgan. Shundan soʻng mudofaa samolyoti harbiylar tomonidan Chikangava oʻrmonidan topilgani maʼlum qilindi.

Qutqaruv guruhining maʼlum qilishicha, barcha yoʻlovchilar halok boʻlgan. Buni Malavi prezidenti ham tasdiqlab, afsus va qaygʻuda ekanini bildirdi.

51 yoshli Chilima toʻrt kun oldin vafot etgan sobiq hukumat vaziri Ralf Kasambaraning oʻlimidan soʻng hukumat vakili boʻlishiga nomzodlardan biri sifatida koʻrilayotgan edi. U 2014-yildan beri vitse-prezidentlik lavozimida boʻlib, yoshlarning sevimli amaldori hisoblangan.

Maʼlumot uchun, joriy yilning may oyida Eron Islom Respublikasining Prezidenti Ibrohim Raisiy va bir qancha rasmiylar ham aviahalokatga uchrab, vafot etgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер