Malakali tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Shu paytgacha tibbiy standartlarga javob bermaydigan binoda faoliyat koʻrsatgan poliklinika davlat dasturi doirasida yangidan barpo etildi. Zamonaviy sharoitlarga ega binoga koʻchgan 9-oilaviy poliklinikada 25 ming nafar aholi uchun malakali tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi.
— Yangi poliklinika qurilishiga qariyb 7 milliard soʻm mablagʻ sarflanib, eng soʻnggi rusumdagi asbob-uskunalar bilan jihozlandi, — deydi Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Bobur Primqulov. — Bu inshoot aynan Konstitutsiya bayrami arafasida ish boshlagani bejiz emas. Shahar ahli endilikda Bosh qomusimizda belgilab qoʻyilganidek, tibbiy xizmatlardan bepul foydalanishi uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan.

Tantanali tadbirda Qoʻqon shahar hokimligi, sogʻliqni saqlash sohasi masʼullari, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashib, oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlarni eʼtirof etishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring