Malaka oshirishning masofaviy, robot-simulyator, amaliy, ish joyida mustaqil tayyorgarlik kabi turlari yoʻlga qoʻyiladi

15:14 10 Noyabr 2025 Siyosat
271 0

Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning “Tabib doimo oʻz bilimini yangilab turmogʻi lozim. Zero, tan va tabiat doim yangilanib turadi”, degan hikmatli soʻzlari oradan ming yil oʻtgan boʻlsa ham, oʻz ahamiyatini zarracha yoʻqotmagani taʼkidlandi.

Bugungi davr shifokori zamonaviy texnologiya, davolash va diagnostika usullaridan xabardor boʻlishi, oʻz ustida doimiy ishlab borishi shartligi qayd etildi.

Shu bois, tibbiyot xodimlarining malakasini uzluksiz oshirib boradigan yangi tizim boʻladi.

Kelgusi yildan malaka oshirishning masofaviy, robot-simulyator, amaliy, ish joyida mustaqil tayyorgarlik kabi turlari yoʻlga qoʻyiladi.

Malaka oshirish talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan Uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimi markazi tashkil qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?