Maktablardagi anʼanaviy dars jarayonlarida kasallikdan himoyalanish uchun nimalarga eʼtibor berish lozim?

Ushbu savolga Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva quyidagicha javob berdi:
— Toʻgʻri, bolalar koronavirus infeksiyasining tarqatuvchisi ekanligi toʻgʻrisida koʻp bora taʼkidlab kelamiz. Qachonki bolalar va ularning murabbiylari hamda ota-onalar karantin qoidalariga rioya qilmasa, bu omil kasallik tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin.
Bilamizki, har bir maktabda bolalar salomatligi va holatini nazorat qiluvchi filtrlar mavjud. U yerda oʻquvchilarning tana harorati oʻlchanadi. Bolalar maktabga niqobda borish, qoʻllarni sovunlab yuvish kabi qoidalarga toʻliq rioya qilishi zarur.
Bolalarga tushlik uchun ota-onalar uydan imkon qadar vitaminlarga boy ovqatlarni berib yuborishlari maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, oʻquvchilarda koʻproq suyuqlik ichish imkoni boʻlishi kerak.
Bu kabi qoidalar bilan maktab direktorlari, oʻqituvchilar va tibbiyot xodimlaridan tashqari, qolgan ishchi-xodimlar ham toʻliq tanishib chiqishi lozim.
Ota-onalar farzandlariga maktabdan qaytgach, albatta, yuz-qoʻllarini sovun bilan yaxshilab yuvishi zarurligini oʻrgatishi lozim.
Shuningdek, bolalar uyda ustki kiyimlarini yechganlaridan keyin, tomoq va burunlarini oddiy iliq suvda 2-3-marta chayganidan soʻnggina oila aʼzolari yoniga kirsalar, ularni himoyalagan boʻladi.
Shu oʻrinda, mamlakatimizda vaksinatsiya jarayonlarining dastlabki bosqichlarida xalq taʼlimi va maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini emlashga bejiz alohida eʼtibor qaratilmaganligini taʼkidlash kerak.
Hozirda maktab oʻqituvchilari va boshqa xodimlarning deyarli barchasi vaksina olgan. Tabiiyki, bu ularning COVID-19 koronavirus infeksiyasidan himoyalanganligini bildiradi.
Malumot oʻrnida shuni ham aytish kerakki, shu kungacha yurtimizda jami 15 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qoʻllanilgan. Virusga qarshi toʻliq emlangan fuqarolar esa 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda.
Xalq taʼlimi vazirligi yangi oʻquv yili oldidan darslar toʻliq anʼanaviy tarzda boshlanishini maʼlum qilib, oʻzi yoki oila aʼzolaridan biri koronavirusga chalingan va vaqtincha davolanishda boʻlgan oʻquvchilar, shuningdek, oʻquv yili davomida oʻqituvchi yoki oʻquvchilar orasida koronavirus aniqlanib, vaqtinchalik karantinga olingan sinf yoki maktablarning oʻquvchilari taʼlim jarayoniga vaqtincha masofadan jalb etilishini taʼkidlagan edi.
Bunday oʻquvchilar uchun televideniye orqali “Onlayn maktab” loyihasi doirasida parallel ravishda onlayn darslar berib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring