Maktablarda dzyudo sport turi yanada rivojlantiriladi
Foto: Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Unga muvofiq:
— Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) “Maktablarda dzyudo” dasturi boʻyicha dzyudoga ixtisoslashtiriladigan 20 ta maktabni dzyudo tatamilari va bolalar kimonolari bilan taʼminlash;
— Sportni rivojlantirish vazirligi “Maktablarda dzyudo” dasturi asosida tashkil etilgan seksiyalarni trenerlar bilan taʼminlash, trenerlar, instruktorlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish va umumtaʼlim muassasalarining bolalari oʻrtasida dzyudo musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish;
— Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi “Maktablarda dzyudo” dasturi boʻyicha tashkil etilgan seksiyalarni sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash, oʻquvchilar oʻrtasida musobaqalar va tadbirlar tashkil etishga koʻmaklashish va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish orqali mahorat darslari, treninglar tashkil etish, shuningdek, “Maktablarda dzyudo” dasturi sport seksiyalari uchun oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring