Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin jurnalistga intervyu berishni xohlamadimi?
Foto: Arxiv surat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktabgacha taʼlim vaziri intervyu berishni istamadi” kabi notoʻgʻri talqin qilingan video tarqaldi. Maktabgacha taʼlim vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Joriy yilning 19-avgust kuni SHHT xotin-qizlar forumi doirasida tadbirkor ayollar birinchi konferensiyasida Maktabgacha taʼlim vazirining xalqaro tashkilotlar oldidagi maʼruzasi oldidan jurnalist tomonidan tigʻiz vaqtda savolga tutilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan videoda eʼtibor berilsa, jurnalist tomonidan savol berilayotgan jarayonda vazir yordamchisi «hozir u tayyorgarlik koʻrayapti» degan javob berilgan hamda forum doirasidagi nutqdan soʻng barcha savollarga javob berilishi haqida ham jurnalistga (afsuski videodagi bu joylari negadir qoʻyilmagan) tushuntirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan videodan soʻng, jarayonni notoʻgʻri tushungan holatda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va blogerlar tomonidan Maktabgacha taʼlim vaziriga nisbatan turli xildagi salbiy fikrlar talqin qilinmoqda.
Eng achinarlisi, ushbu videomaterial ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va blogerlarda Maktabgacha taʼlim vaziri, hukumat aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan millati, tili va dini haqidagi turli xildagi salbiy fikrlarni uygʻotgan. Vaholanki yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelishmoqda.
Jurnalistik etikaga rioya qilinib harakat qilinganda edi ijtimoiy tarmoqlarda bir shaxsning millati, tili, dini haqidagi notoʻgʻri talqin qilinayotgan videomaterial tarqalmagan va keng ommaning nohaq eʼtirozlariga sabab boʻlmas edi.
Albatta barchamizning huquq va burchlarimiz Konstitutsiya moddalarida mustahkamlab qoʻyilganligini unutmasligimiz lozim, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring