Maktabgacha taʼlim sohasidagi yutuq va kamchiliklar yuzasidan hududiy tizim rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazildi

Kuni kecha Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida Respublika oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan rahbar xodimlar uchun tashkil etilgan oʻquv-seminar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari — Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari bilan maktabgacha taʼlim sohasidagi yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan uchrashuv oʻtkazdi.
Kun tartibida quyidagi:
— Maktabgacha yoshdagi bolalarni MTTga qamrab olish;
— MTTlardagi taʼlim sifati;
— Investitsiya dasturi asosida barpo etilayotgan MTTlar va ularga yetkaziladigan jihozlar, didaktik materiallar;
— Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTTlarda joriy etilgan onlayn davomat;
— Yagona mavsumiy taomnoma kabi asosiy masalalar koʻrib chiqildi.
— Hududiy tizim rahbarlari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan savollarga agentlik rahbariyati tomonidan javoblar berildi.
Yigʻilishdan soʻng, hududiy tizim rahbarlariga Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutidagi oʻquv xonalari, pedagoglarning malakasini oshirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Eslatib oʻtamiz, uch kun davom etgan oʻquv-seminari Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida boʻlib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring