Maktab sahnasidan katta sahna sari yoʻl

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Yosh avlodning qobiliyat va isteʼdodini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Turon” teatr maktabi yuzlab boʻlajak sanʼatkorlarni maktab sahnasidan katta sahna sari chorlamoqda. Bu borada oʻtkazilayotgan respublika koʻrik-tanlovi ham muhim ahamiyat kasb etyapti. Ushbu tanlovning Andijon shahrida viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda mavjud maktab guruhlari orasidan saralab olingan 16 ta teatr jamoasi qatnashdi.
— Har safar ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilayotgan vaynlarni, kichik sahna koʻrinishlarini koʻrganimda ularga taqlid qilishni, oʻzim ham shu kabi koʻrinishlarda ishtirok etishni xohlardim, — deydi Qoʻrgʻontepa tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Sherzodbek Obidov. — “Turon” teatr maktabi tanlovida ishtirok etgach, sahna asari toʻgʻrisidagi fikrlarim umuman oʻzgarib ketdi. Sahnaning oʻzgacha sehri, tarbiyaviy ahamiyati, professional darajasidagi talablari bor ekan. Unga rioya qilish orqaligina haqiqiy sanʼatkor boʻlish mumkin. Tanlov shu jihatlari bilan ham yoshlar hayotida muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz.
Tanlovning shahar va tuman bosqichlarida 12 mingta teatr jamoalari tarkibida 100 ming nafardan ziyod oʻquvchilar faol ishtirok etdi. Asaka tumanining “Turon mashʼali” jamoasi esa har tomonlama tanlov shartlariga toʻliq javob bera olgani bois gʻolib, deb topildi va respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring