Maktab direktori oʻqituvchilar oyligidan “open byudjet”ga pul ushlab qolmoqchi boʻldi
Maktab va maktabgacha taʼlim vaziri Hilola Umarova “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida xodimlarni oʻz vazifasidan tashqari ishlarga jalb qilish, turli yigʻilish va majburiy mablagʻ yigʻimlari bilan bogʻliq holatlar kuzatilsa, vazirlikka murojaat qilishga chaqirdi.
Vazir Quva tumanidagi maktablarning birida oʻqituvchilar oylik maoshidan “open byudjet” uchun 700 ming soʻmdan ushlab qolmoqchi boʻlgan direktor ishdan boʻshatilganini maʼlum qildi.
“Hurmatli pedagoglar agar siz shu kabi holatlarga duch kelsangiz vazirlikka murojaat qiling, biz har bir holatni oʻrganamiz, oʻqituvchi va MTT xodimlari manfaatini himoya qilamiz”, dedi Umarova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring