Makron Jo Bayden bilan uchrashdi

18:14 08 Iyun 2024 Dunyo
546 0

Makron Amerika prezidenti va birinchi xonimini Parijning diqqatga sazovor joyi “LʻArc de Triompheʻ”da rasmiy kutib oldi. Shundan soʻng Yelisey saroyiga parad korteji uyushtirilishi va matbuot uchun rahbarlarning bayonotlar berishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Makron Baydenni mashhur DʻOrsay muzeyida kechki ovqatga taklif etishi maʼlum.

Ukraina mavzusida har ikki davlat rahbari ham urushda vayron boʻlgan mamlakatni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan. Juma kuni Bayden 225 milliard dollarlik yangi yordam paketini eʼlon qildi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan Kongress kechikishi uchun uzr soʻragan. Fransiya ham Rossiyaga qarshilar roʻyxatida yetakchilardan biri hisoblanadi. Makron mudofaa byudjetini ikki baravarga oshirib, muhim harbiy vositalarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.

Makron Isroil-Hamas urushi haqida Bayden tomonidan ilgari surilgan oʻt ochishni toʻxtatish taklifini maʼqullagan. “Gʻazodagi urush tugashi kerak. Biz AQSHning mustahkam tinchlik boʻyicha taklifini qoʻllab-quvvatlaymiz”, degan Fransiya rahbari X tarmogʻida.

Bayden va Makron, shuningdek, Hindiston-Tinch okeani mintaqasidagi dengiz hamkorligini muhokama qilishi kutilmoqda. Jumladan, unda port xavfsizligi va muhofaza qilish salohiyatini oshirish nazarda tutiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?