Makronlar AQSH sudiga Brijit Makronning ayol ekanini isbotlovchi “ilmiy dalillar” taqdim etmoqchi

16:54 18 Sentyabr 2025 Dunyo
238 0

Foto: EPA

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning rafiqasi Brijit AQSH sudiga Brijit Makronning ayol ekanligini isbotlovchi fotosuratlar hamda “ilmiy dalillar” taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Makronlarning advokati Tom Kler ushbu hujjatlar AQSHlik oʻng qanot faoli Kendis Ouens Brijit Makron aslida erkak boʻlib tugʻilganligi haqidagi fikrni bildirganidan keyin tuhmat boʻyicha sudga kiritgan daʼvo arizasida taqdim etilishini aytdi. Makronlarning 218 sahifalik daʼvosi Delaver shtatiga sudiga topshirilgan. Unda Ouens “bemaʼni, tuhmat va yolgʻon uydirmalarni” tarqatgani aytilgan.

Klerning aytishicha, Makron xonim bu gap-soʻzlarni “aql bovar qilmaydigan darajada haqoratomuz” deb topgan va ular Fransiya prezidentini “chalgʻitayotganini” aytgan. Advokatning qoʻshimcha qilishicha, mutaxassis fikrlari taqdim etiladi, ular ilmiy xarakterga ega boʻladi.

Shu yilning avgust oyida Emmanuel Makron Fransiyaning “Paris Match” jurnaliga nima uchun sudga murojaat qilishga qaror qilganliklarini izohlagandi.

“Bu mening shaʼnimni himoya qilish haqida! Chunki bu bemaʼnilik. Bu ayol oʻzida yolgʻon maʼlumotlar borligini juda yaxshi bilgan va u zarar yetkazish niyatida mafkuraviy maqsadlarni koʻzlagan va oʻta oʻng yetakchilar bilan aloqa oʻrnatgan”, — degan edi oʻshanda Fransiya yetakchisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер