Makron Durovning Fransiyaga kelishini bilmagan
Fransiya Prezidenti Emmanyuel Makron Telegram asoschisi Pavel Durovga tezkor fuqarolik berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Makron fransuz tilini oʻrganadigan va millatga hissa qoʻshadigan taniqli shaxslarga fuqarolik berish mamlakat uchun ham foydali boʻlishini aytgan.
“Le Canard” gazetasi Pavel qoʻlga olinganida Makron bilan kechki ovqat uchun uchrashmoqchiligini yozgan edi. Ammo prezident Durovning Fransiyaga kelishini oldindan bilmagan.
“Uning qoʻlga olinishi mustaqil harakat. Men hech kimga buyruq berganim yoʻq. Bizda hammaning oʻz vakolati ajratib berilgan”, — degan Makron.
Fransiya prokurorlari Durovni Telegram ilovasidagi jinoiy faoliyatda giyohvand moddalar savdosi va bolalarning jinsiy zoʻravonlik materiallarini tarqatishda sheriklikda ayblamoqda. Durovning advokati unga bevosita yoki bilvosita taalluqli boʻlmagan jinoyatlarda ayblashni mutlaqo bemaʼnilik, deb taʼriflagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring