Mayk Tayson va bloger Jeyk Pol oʻrtasidagi jang yangi sanaga koʻchirildi

14:58 08 Iyun 2024 Sport
558 0

Boks boʻyicha ogʻir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson va amerikalik bloger Jeyk Pol oʻrtasidagi jangning yangi sanasi maʼlum boʻldi. Bu haqda tashkilotchiMost Valuable Promotionspromouterlik kompaniyasi X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi.

Manbaga koʻra, jang shu yilning 15-noyabr kuni avvaldan belgilanganAQSHning Arlington shahridagi A&T arenasid oʻtkaziladi. Oqshomning ikkinchi asosiy jangida Amanda Serrano hamda Keti Teylor toʻqnash keladi.

Temir Maykva Pol qarama-qarshiligi joriy yilning 20-iyul kuni boʻlib oʻtishi kerak edi, biroq Taysonning Mayamidan Los-Anjelesga uchayotgan vaqtida toʻsatdan ahvoli yomonlashdi. Maʼlumotlarga qaraganda, qoʻnishga 30 daqiqa qolganda sportchining oshqozon yarasining ochilib ketgan va oqibatida boshi aylanib, oʻzini yomon his qilgan.

Dastlab jang qoldirilgani aytilgandi. Biroq tashkilotchilar uni boshqa sanaga koʻchirishni maʼqul topdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер