Maishiy chiqindilar uchun yangi poligon tashkil etilishi mumkin
Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi N.Oblomuradov mazkur hududdagi chiqindi poligonini ham koʻzdan kechirdi. Bu haqda Qoʻmita axborot xizmati maʼlum qildi.
“ZANGIOTA OBODON” MCHJga qarashli boʻlgan maishiy chiqindi poligonining umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadi. Bugungi kunda ushbu poligonda 43 120 tonna maishiy chiqindi utilizatsiya qilingan.
Mazkur poligon Qozogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashganligi sababli, poligon faoliyatini toʻxtatish vazifasi qoʻyilgan.
Shu sababli, “ZANGIOTA OBODON” MCHJ tomonidan sanitar xizmat koʻrsatilayotgan hududdagi aholi va yuridik tashkilotlardan hosil boʻladigan maishiy chiqindilarni joylashtirish uchun yangi poligon tashkil etish maqsadida, Qibray tumani May qishlogʻi hududidagi uchastka qoʻmita raisi ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Maydoni 10 gektar boʻlgan ushbu hudud maishiy chiqindi poligonini tashkil etish talablariga mos ekanligi aniqlandi. Tashrif chogʻida tanlangan yer maydonida yangi chiqindi poligoni tashkil etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring