Mahalliy Kengashlar va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini kuchaytirishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi
2025-yil 26-sentyabr kuni Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi tomonidan “Mahalliy Kengashlarning oʻzaro va xalqaro hamkorligining ahamiyati” mavzusida onlayn-seminar tashkil etildi.
Tadbirda mahalliy Kengashlar kotibiyatlari xodimlari, doimiy komissiyalar raislari va aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda qatnashganlar mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, ularning oʻzaro hamkorligi va xalqaro aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Maʼlumki, Senatning Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi tomonidan maxsus reja-jadvallar tasdiqlangan. Ularga muvofiq 2024-yilda 310 nafar, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida esa 280 nafar deputat tajriba almashish jarayonlarida ishtirok etgan.
Shuningdek, mahalliy Kengashlarning xorijiy davlatlar vakillik organlari bilan aloqalari hamda ulardan kelib tushayotgan hamkorlik takliflari haqida maʼlumotlar berildi. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari, Koreya, Xitoy, Turkiya, Rossiya va Belorussiya vakillik organlari bilan hamkorlik munosabatlari yoʻlga qoʻyilayotgani taʼkidlandi.
Seminar yakunida mahalliy Kengash deputatlari oʻz fikr va takliflarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring