Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari aniqlashtirildi

16:41 31 Dekabr 2025 Hujjatlar
160 0

Qonun (OʻRQ–1109-son, 30.12.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida maʼlum qilindi.

Unda aytilishicha, mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

Jumladan, “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlariga quyidagilar kirishi belgilandi:

  • bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini, boshqa obyektlarni joylashtirish, qurish va obodonlashtirish masalalarini hal qilish;
  • aholiga transport xizmati koʻrsatish haqida shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish va transport harakatini tashkil etish rejasini ishlab chiqish.
  • yoʻlovchilar tashish ishining sifati ustidan nazorat qilish.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi belgilandi.

Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari mahalliy byudjetlarning yongʻin xavfsizligi, shu jumladan yongʻindan saqlash xizmatining taʼminoti xarajatlariga doir qismini tasdiqlashi koʻzda tutildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?