Mahallalarda maktab bitiruvchilari va talabalar bilan ishlovchi yangi lavozim joriy etiladi
“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat ogʻir tuman (shahar)lar mahallalarida profilaktika kichik inspektori faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Kichik inspektor mehnat migrantlari, maktab bitiruvchilari va talabalar bilan ishlaydi.
Ichki ishlar organlarida migratsion profilaktika boʻlinmalari, tumanlararo maʼmuriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi.
Sinov tariqasida kriminogen vaziyat ogʻir hududlardagi profilaktika boʻlinmalarida maʼmuriy amaliyot guruhlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi va ular jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etishga oid hujjatlarni oʻrganib, tarkibida maʼmuriy huquqbuzarlik boʻlgan holatlar yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Unga profilaktika (katta, kichik) inspektorlari, xotin-qizlar masalalari boʻyicha, probatsiya, yoʻl harakati xavfsizligi va patrul-post xizmatlari inspektorlari hamda tezkor-qidiruv xizmati xodimi kiritiladi, Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlinmalarining naryadlari xizmat olib borishi tashkil etiladi.
Natijada – 5 tagacha mahalla mikrohududga birlashtiriladi va jinoyatchilik oldini olish boʻyicha tezkor harakatlanish tizimi yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring