Mahallaga suv keldi
Rustam Nurmatov/“Xalq soʻzi”. Maʼlumki, qishloq ahli turmush tarzini dehqonchilik orqali oʻz tomorqalarga ekin ekib, undan olinayotgan mahsulotlar evaziga roʻzgʻor tebratadi. Mirzachoʻl tumanidagi “Ipak yoʻli”, “Bogʻbon”, “Toshkent” mahallalariga bir necha yillardan buyon suv tarmoqlari yaroqsiz holga kelib qolgandi. Suv yoʻqligidan tomorqalarda oddiy sabzavot, poliz ekinlari, mevali daraxtlarni ekishning imkoni boʻlmasdi. Shu sabab mazkur mahallalar ogʻir hudud toifasiga tushib qolgandi.

Davlatimiz rahbarining oʻtgan yildagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori qishloq aholisi uchun katta qulaylik yaratdi. Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Mirzachoʻl tumani “Ipak yoʻli”, “Bogʻbon”, “Toshkent” mahallalarida jami 11 km masofada yangi sugʻorish tarmoqlari qurildi. 15 km masofada oqar suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi.

Endilikda ushbu mahallalarda aholi oʻz tomorqasida yetishtirgan mahsulotlarni sugʻorish imkoniyatiga ega. Oqar suv tarmogʻining kelishi, qishloq xoʻjaligi ekinlarining muvaffaqiyatli oʻsishi va mahsulot yetishtirishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, “Ipak yoʻli” mahallasida oʻrnatilayotgan yangi suvlashtirish tarmogʻi – bu aholi farovonligini oshirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring