Mahallada “Adliya kutubxonasi” ochildi
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan oʻtkazilayotgan targʻibot tadbirlarining mahallalarga koʻchirilishi aholi huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Xususan, hududlarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar, “Men mahallam huquqshunosiman” yoʻnalishidagi muloqotlar fuqarolar huquqiy tushunchalarini oshirish barobarida hududdagi mavjud muammolar yechimining maqbul yoʻllarini topishda ham qoʻl kelayotir. Kuni kecha boshqarmaning navbatdagi tashabbusi bilan joylarda “Adliya kutubxonasi”ni tashkil etishga kirishildi. Shu yoʻnalishdagi ziyo maskani dastlab Yangi Namangan tumanidagi Bunyodkor mahallasida ish boshladi.

— Kundalik turmushda tugʻiladigan huquqiy savollarga asosli javob topish uchun koʻpchilik advokatlik idorasiga murojaat qilishga odatlangan, biroq, buning uchun amalda anchagina yoʻl bosishga ham toʻgʻri keladi, — deydi “Bunyodkor” MFY raisi Jobir Alixonov. — Yigʻinimiz binosiga joylashtirilgan “Adliya kutubxonasi” fuqarolarning ayni masaladagi yumushlarini yengillashtiradi. Bu yerga olib kelingan 200 dan ortiq kitoblar jamlanmasida huquqiy adabiyotlar, shuningdek, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida chop etilgan qoʻllanmalar koʻpchilikka qoʻl kelishi tabiiy.

Huquqiy bilimlar targʻibotining samarali vositasi boʻlgan “Adliya kutubxonasi” viloyatdagi mavjud 778 mahallaning barchasida bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring