Mahalla markazi oʻz nomiga monand boʻldi
Gap Gʻijduvon tumanidagi “Gulistonobod” mahallasi haqida bormoqda. Bu yerda butun boshli markaz barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Uch qavatli zamonaviy binoda mahalla “yettiligi” ning samarali ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kutubxona joylashgan. Ayollar uchun “Goʻzallik saloni”, erkaklar sartaroshxonasi, yoshlarning xorijiy tilni oʻrganishlari uchun oʻquv kurslari, tikuvchilik va qandolat sexi, fitnes zal, savdo doʻkoni – bularning barchasi hududda istiqomat qiluvchi aholining tashvishini yengillashtiradi, fuqarolar, xususan, yoshlarning qimmatli vaqtni mazmunli va foydali oʻtkazishiga imkon beradi.

— Bu markaz mahallaga uzukka koʻz qoʻygandek yarashib tushdi, — deydi maskanning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan oʻtkazilgan marosim ishtirokchisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Rahmatova. — Shu kabi inshootlar yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyilining hayotga izchil tatbiq etilayotganidan dalolat beradi.
Mahallaning koʻrkam markazi “Islom taraqqiyot banki” tomonidan ajratilgan 4 milliard 500 million soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga barpo etildi. Eʼtiborlisi, u tumanda keyingi bir oyda foydalanishga topshirilgan ikkinchi shunday shinam inshootdir. Sal avvalroq “Jovgari” mahallasi ham yangi binoga ega boʻlgandi.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring