“Madaniyat va san’atning ijtimoiy o‘rni” nomli medialoyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda

14:33 28 Mart 2025 Jamiyat
77 0

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida madaniyat va san’atning jamiyatdagi o‘rnini yoritishga qaratilgan “Madaniyat va san’atning ijtimoiy o‘rni” nomli medialoyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Loyiha doirasida mustaqillikning dastlabki yillarida teatr va kino san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan san’at namoyandalari va ijodkorlarning faoliyati keng yoritiladi.

Bu maqsadda ilmiy-ijodiy guruh shakllantirilib, taniqli teatr va kino ustalarining ijodiy merosi chuqur o‘rganiladi. Ularning san’atga qo‘shgan hissasini yorituvchi maxsus videofilmlar tayyorlanib, faoliyatiga oid eksponatlar namoyish etiladi.

Ushbu loyiha orqali tomoshabinlar o‘zbek san’atining yorqin vakillari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Loyiha nafaqat san’atning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini ochib berishga, balki milliy madaniyatimizning boy merosini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Teatr va kino san’atining taraqqiyot bosqichlari, sahna va ekran yulduzlarining unutilmas ijodi, ularning jamiyatdagi roli zamonaviy texnologiyalar orqali keng ommaga yetkaziladi.

“Madaniyat va san’atning ijtimoiy o‘rni” medialoyihasi o‘zbek san’ati rivojiga hissa qo‘shgan ijodkorlarni e’tirof etish, san’atga qiziquvchi yosh avlod uchun ilhom manbai yaratish hamda madaniy-ma’naviy merosimizni yangi avlodga yetkazish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер