“Madaniyat karvoni”: erkinlik, tinchlik va farovonlik shukuhi
Ayni kunlarda Fargʻona viloyati boʻylab “Madaniyat karvoni” festivali doirasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda konsert dasturlari oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston va Bagʻdod tumanidagi markaziy stadionda tashkil etilgan “Madaniyat karvoni” festivalida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida gala-konsert boʻlib oʻtdi.
Aytish joiz, mamlakatimiz mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayrami oldidan oʻtkazilayotgan yuzma-yuz muloqotlarda bugungi dolgʻali zamonamizda yurtimizdagi erkinlik, tinchlik va farovon hayot shukuhi mavzusida oʻzaro fikr almashilmoqda. Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi hamkorligidagi konsert dasturi esa kattayu kichikka birdek zavq ulashmoqda.
— Bugun dunyoda tinchlik neʼmati eng qutlugʻ saodatdir, — deydi Bagʻdod tumanida istiqomat qiluvi mehnat faxriysi Rasuljon Qambarov. — Bunday uchrashuvlar va maroqli hordiq onlari barchamizni ana shu totli neʼmatni avaylab-asrash, yurt rivoji yoʻlida yanada sidqidildan mehnat qilishga undaydi. Qirq yildan ziyod vaqt mobaynida aloqa sohasida ishlaganman. Bugungi kunda soha faxriysi sifatida davlatimiz eʼtibordaman, shu bilan birga, farzand va nabiralar ardogʻida yashayapman. Biz, nuroniylar hamisha dorilamon kunlar, tinch-osoyishta hayotimizga aslo koʻz tegmasin, deya duodamiz.
Konsert dasturlarida poytaxtdan kelgan taniqli sanʼatkorlar va Fargʻona vodiysi estrada xonandalari kuy-qoʻshiqlari bilan barchani xushnud etmoqda.
Botir MADIYOROV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring