Madaniy meros obyektlariga nisbatan fuqarolarning ham javobgarligi belgilanmoqda — Qonun loyihasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishdi.
Mazkur qonun loyihasi bilan Madaniy meros agentligining bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarini bajarmaslik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun loyihasining birinchi oʻqish muhokamasida ushbu javobgarlik faqat mansabdor shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi koʻrsatib oʻtilgan edi.
Loyihani maromiga yetkazish jarayonida unga yurtimizdagi madaniy meros obyektlariga nisbatan fuqarolarning ham javobgarligini belgilash normasi kiritildi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring