Madaniy meros agentligining asosiy vazifalari belgilandi

11:47 22 Iyun 2021 Madaniyat
2441 0

“Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Madaniy meros agentligi moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

Qarorga koʻra:

sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari joylashgan aholi punktlarining bosh rejalari Agentlik bilan kelishilishi majburiy hisoblanadi;

moddiy madaniy meros obyektiga yetkazilayotgan zarar haqidagi holat boʻyicha xabardor boʻlgan paytdan boshlab davlat nazoratining dastlabki natijalari 24 soat ichida Agentlik rasmiy sayti orqali jamoatchilikka maʼlum qilinadi;

asrashga doir ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishning barcha bosqichlarini ilmiy-texnik tadqiq etish uchun har bir obyektning oʻziga xosligi va holatidan kelib chiqib, Ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari tuziladi;

Agentlikka turizm va sport vazirining taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

2023-yil 1-yanvardan:

● moddiy madaniy meros obyektlari va muzeylar sohasidagi davlat xizmatlarining ayrimlari elektron shaklda koʻrsatiladi;

● davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni elektron shaklda amalga oshirish orqali kvitansiya talab qilish bekor qilinadi;

● Agentlik masʼul xodimlari va fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilgan mutaxassislar, ekspertlar tomonidan tegishli koʻchmas mulk va koʻchar ashyolar shaxsan ekspertizadan oʻtkaziladi;

● ekspertiza oʻtkaziladigan manzil, vaqt va maʼlumot uchun telefon raqamlari hamda davlat xizmati koʻrsatish natijasi haqida SMS yuborish orqali arizachi xabardor qilinadi;

● davlat xizmatini koʻrsatish natijasida beriladigan hujjatlar QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish orqali beriladi.

2022-yil 1-yanvardan namoyish obyektlari roʻyxatiga kiritilgan namoyish obyektlarida chiptalar savdosini tegishli yagona elektron tizimga integratsiya qilmagan holda amalga oshirish nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibini buzish deb baholanadi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur Agentlik Prezidentning 2021-yil 6-apreldagi bilan tashkil qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?