Mablagʻlar aniq maqsadlarga yoʻnaltirilmoqda
Soʻnggi paytlarda parrandachilik odamlar turmush darajasini oshiruvchi, oilalar daromadini koʻpaytiruvchi tarmoqlardan biriga aylanmoqda. Bu bejiz emas. Chunki keyingi yillarda parrandachilikni qoʻllab-quvvatlashga doir bir qator hujjatlar qabul qilindiki, ularning ijrosi amalda oʻz samarasini koʻrsatyapti. Jumladan, Prezidentimizning 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan, respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini yanada mustahkamlash hamda parrandachilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 85 million AQSH dollar miqdoridagi mablagʻ ajratish belgilangan. Hozir mazkur yoʻnalishdagi ishlar birinchi bosqichda va dastlabki bosqichdayoq tarmoqqa 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltirildi.
«Mikrokreditbank» tomonidan, shuningdek, oʻtgan davr mobaynida 200 dan ortiq parrandachilik xoʻjaliklari va ozuqa-yem mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga 477,5 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratildi.
Toshkent shahridagi “Lazzet Fyeed” hamda Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi “Qishloq qurilish farovon parranda” MCHJlar shular sirasiga kiradi. Yaqinda bankimiz tomonidan «Parrandasanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda mazkur tadbirkorlik subyektlariga ommaviy axborot vositalari vakillari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
“Lazzet Fyeed” MCHJ parranda uchun asosiy ozuqa boʻlgan yem ishlab chiqarish chiqarish faoliyatini tashkil etish boʻyicha umumiy qiymati 15 mlrd. soʻm boʻlgan loyiha hisoblanadi. Unga «Mikrokreditbank» ATB tomonidan 2021-yil dekabr oyida parranda ozuqasi ishlab chiqarish maqsadida 2 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 10 mlrd. soʻm miqdorida kredit ajratilgandi. Bugungi kunga kelib “Lazzet Fyeed” MCHJ toʻliq quvvatda ishlamoqda. Ayni paytda 20 kishiga yaqin jamoa tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Start”, “Rost”, “Finish” nomi ostidagi parrandachilik ozuqalari mahalliy bozordan tashqari qoʻshni — Tojikiston Respublikasiga ham eksport qilinmoqda.
Loyihaga koʻra, korxonada oyiga 8000 tonna parranda ozuqasi ishlab chiqarilib, uni sotish natijasida oyiga 50-60 mlrd. soʻm tushumga boʻlmoqda.
“Qishloq qurilish farovon parranda” MCHJ esa tuxum ishlab chiqarish va koʻpaytirishga ixtisoslashtirilgan. Umumiy qiymati 17 mlrd. soʻm tashkil etadi. Oʻtgan yili bank tomonidan korxona faoliyatini kengaytirish hamda parranda ozuqasini sotib olish maqsadida 2 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 5 mlrd. soʻm miqdorida kredit ajratilgan edi. Hozirda korxonada 18 nafar yangi ish oʻrinlari yaratilgan boʻlsa, korxona toʻliq quvvat bilan ishlay boshlagach, ishlari safi yana 30 nafarga kengayadi.
“Qishloq qurilish farovon parranda” MCHJda tuxumlari ham mahalliy bozorga, shuningdek, qoʻshni Afgʻonistonga eksport qilinmoqda.
Mazkur loyihaga koʻra, korxonada 80 ming bosh tuxum yoʻnalishidagi parrandalar boqilmoqda hamda kuniga 55-56 ming, oyiga 1,6 mln. dona tuxum ishlab chiqarishga erishilmoqda.
Bank tomonidan yuqoridagi qaror ijrosi doirasida xalqimizni sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring