“Lokomotiv” futbol klubining rasmiy belgisi xizmat koʻrsatish belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi
Oʻzbekistonda “Lokomotiv” futbol klubining rasmiy belgisi xizmat koʻrsatish belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlumot berdi. Mazkur huquqiy qadam “Lokomotiv” klubi uchun oʻz identifikatsiyasini mustahkamlash, uning rasmiy logotipini himoya qilish va boshqa subyektlardan ajratib koʻrsatish imkonini beradi.
Maʼlumot uchun, tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi yuridik yoki jismoniy shaxslarning tovarlari va xizmatlarini boshqalarning shunga oʻxshash tovar va xizmatlaridan farqlash uchun qoʻllaniladi va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bu belgilar ularning huquqiy muhofazasini taʼminlaydi.
Bu bilan “Lokomotiv” futbol klubi “Paxtakor” klubidan keyin oʻz rasmiy belgisini roʻyxatdan oʻtkazgan ikkinchi futbol jamoasiga aylandi. “Paxtakor” klubining belgisi avvalroq roʻyxatdan oʻtkazilib, huquqiy muhofazaga olingan edi.
Qayd etish kerakki, mamlakatdagi boshqa futbol klublari hali oʻz rasmiy belgisini tovar yoki xizmat koʻrsatish belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazmagan.
Adliya vazirligi tovar va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazishni istaganlar uchun maxsus onlayn platforma — im.adliya.uz saytini ishlatish imkonini yaratgan. Ushbu sayt orqali ariza topshirib, belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonini amalga oshirish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring