“Liverpul” hujumchisi faoliyatini Saudiyada davom ettiradi
Kecha Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi urugvaylik hujumchi Darvin Nunyesning transferi boʻyicha “Liverpul” bilan muzokara olib borayotgani haqida maʼlumot bergan edik.
Insayder Fabritsio Romano maʼlumotiga koʻra, ushbu transfer rasman amalga oshdi. Futbolchining oʻzi ham Saudiya klubiga oʻtishga rozi.
Ushbu transfer uchun “Al-Hilol” klubi “Liverpul”ga 53 million yevro toʻlashi aytilmoqda.
Futbolchi “Al Hilol” bilan uch yillik shartnoma imzolaydi va uning haftalik maoshi 458 ming yevro boʻladi.
Maʼlumot uchun, “mersesaydliklar” Nunyesni 2022-yilning yanvarida “Benfika” jamoasidan 83 million yevro evaziga xarid qilishgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring