Livan janubidagi minglab odamlar Isroilning kuchli bombardimonidan qochmoqda
Isroil armiyasi 800 ga yaqin nishonga zarba berganini eʼlon qilib, “Hizbulloh“ qurollari obyektlarini taʼqib qilayotganini maʼlum qildi.
Dushanba kuni Isroil Livanning janubiy va sharqiy qismiga yuzlab havo hujumlarini uyushtirish oqibatida 500 ga yaqin kishi halok boʻldi. Isroil harbiylari aholini “Hizbulloh” qurol saqlayotganini daʼvo qilgan joylarni zudlik bilan evakuatsiya qilishga chaqirdi.
Minglab odamlar Livan janubidan qochib, Bayrutga olib boradigan asosiy magistralni toʻsib qoʻyishdi. Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, hujumlar oqibatida kamida 1645 kishi jarohat olgan.
Isroil armiyasi dushanba kuni Hizbullohning qurol-yarogʻ obyektlari bilan bogʻliq boʻlgan 1300 dan ortiq nishonga zarba berganini aytdi. U Livanning sharqiy chegarasi boʻylab Bekaa vodiysi hududlarini qamrab olgan holda operatsiyani kengaytirayotganini taʼkidlagan.
Livan janubidagi turli qishloqlar aholisi ijtimoiy tarmoqlarda ularning shaharlari zarbaga uchraganini aks ettiruvchi fotosuratlarni joylashtirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring