“Listapad” xalqaro kinofestivalida oʻzbek filmlari namoyish etilmoqda
Joriy yilning 4 — 11-noyabr kunlari Belarusning Minsk shahrida “Chinakam qadriyatlar” shiori ostida “Listapad” xalqaro kinofestivali boʻlib oʻtmoqda. Festivalda Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari ham ishtirok etyapti.
Tanlov dasturi doirasida rejissyor Shuhrat Mahmudovning “Matonat” filmi namoyish etildi.
Bugun festivalning kechki dasturlarida “Oʻzbek kinosi kuni” doirasida tanlovdan tashqari “101 reys” filmi katta ekranlarda taqdim etiladi.
Tadbirda “Ayol qismati” badiiy filmi ham ishtirok etadi. Shuningdek, Bahodir Umrzoqovning “Oyjamol” romani asosida ishlanyotgan “Besstыjiy vek” loyihasi taqdimoti ham kutilmoqda.
10-noyabr kuni Minsk kino muzeyida “MDH mamlakatlarining oltin toʻplami” dasturi doirasida Elyor Ishmuhammedovning “Sevishganlar” filmi namoyish etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring