“Lion” yirik hisobda gʻalaba qozondi
Kecha, 25-yanvar kuni Fransiya Birinchi divizionining 19-turidan oʻrin olgan oʻyinlar davom ettirildi. Kun doirasida “Lion” jamoasi safarda “Mets” klubi mehmoni boʻldi.
Bahs mehmonlarning 5:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Qishki transferlar oynasida “Real Madrid”dan “Lion” klubiga koʻchib oʻtgan Endrik ushbu oʻyin qahramoniga aylandi. Braziliyalik futbolchi oʻyin davomida 3 ta gol kiritishni uddaladi.
Shuningdek, mehmonlar safida Ruben Klyuyvert va Tayler Morton ham bittadan gol muallifiga aylanishdi. Mezbonlar safida Koffi Kuao va Habib Diallo tomonidan kiritilgan gollar “Mets”ni magʻlubiyatdan qutqarib qola olmadi.
Ushbu gʻalabadan soʻng “Lion” ochkolari sonini 36 taga yetkazib, turnir jadvalida 4-oʻringa koʻtarilib oldi. 12 ochkosi bor “Mets” esa soʻnggi — 18-pogʻonada bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring