Lazizbek Mullajonov Parij Olimpiadasida tengsiz!
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Lazizbek Mullajonov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
-92 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz finalda Ozarbayjon vakili Alfonso Domingizni yaqqol ustunlik bilan yengdi.
Mullajonov finalgacha boʻlgan bellashuvlarda italiyalik Aziz Abbes Muxiydin, braziliyalik Keno Mashado va tojikistonlik Davlat Boltayevni magʻlubiyatga uchratgandi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Lazizbek Hasanjon oʻgʻli Mullajonov 1999-yilda Fargʻona viloyatida tavallud topgan. Lazizbek boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, 2021-yilda oʻtkazilgan harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionati gʻolibi boʻlgan. Bundan tashqari, u 2022-yilda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida oltin, 2023-yilda oʻtkazilgan jahon chempionatida esa bronza medaliga sazovor boʻlgan.
Bungacha Hasanboy Doʻsmatov va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev “Parij-2024”ning boks bellashuvlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring