Layella sindromida ba`zi dorilar kuchli allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin

12:07 16 Dekabr 2022 Jamiyat
635 0

Illustrativ foto

Aksariyat kasalliklarni dori-darmonsiz davolash qiyin. Ammo shunday bemorlar borki, shifobaxsh preparatlar ularning hayotiga zomin boʻlishi mumkin. Layella sindromidan aziyat chekuvchi kishilar ana shu toifaga mansub.

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova ushbu kasallik belgilari, asoratlar va davolash usullari haqidagi xulosalari bilan oʻrtoqlashdi.

— Layella sindromi oʻta jiddiy allergik kasallik, — deydi mutaxassis. — Bu dardga chalingan 25 foizdan 75 foizgacha bemorlarning hayoti oʻlim bilan yakun topadi, U organizmning dorilar, masalan, antibiotik, sulfanilamid va nostreoid yalligʻlanishga qarshi vositalarga reaksiyasi sifatida namoyon boʻladi.

Xastalik asosan ogʻir allergik anamnezga ega kishilarda oʻtkir respirator virusli infeksiyalar fonida rivojlanadi. Yaʼni bunday bemorlar yuqorida qayd etilgan preparatlarni qabul qilgach, ahvoli ogʻirlashadi. Immunitet organizmni xastalikdan himoya qilish oʻrniga oʻz toʻqimalarini yoʻq qilishga kirishadi. Bunga, asosan:

45 foiz holatda — sulfanilamidlar,

40 foiz holatda — antibiotiklar,

10 foiz holatda — talvasa (sudorogi)ga qarshi dorilar;

5-10 foiz holatda — yalligʻlanishga qarshi preparatlar;

1-3 foiz holatda — silga qarshi dorilar sabab boʻladi.

Baʼzi hollarda yalligʻlanishga qarshi nosteroid dorilar, aspirin va uning analoglari, qolaversa, turli vitaminlar ham xastalikni qoʻzgʻatish xususiyatiga ega.

Layella sindromi koʻpincha boshqa allergik kasalliklar, masalan, ekzema, atopik dermatit, bronxial astma bilan ogʻrigan bemorlarda aniqlanadi...

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?