Kuvaytda 49 nafar hindistonlik tiriklay yonib ketdi

13:33 13 Iyun 2024 Dunyo
514 0

Foto: EPA

Quvaytdagi xorijlik ishchilar yashaydigan olti qavatli binoda yongʻin kelib chiqishi oqibatda 50 nafarga yaqin hindistonlik ishchi halok boʻldi. Bu haqda «Guardian» nashri xabar beradi.

Kuvayt ichki ishlar vazirligi sud-tibbiy ekspertiza guruhlari binoda tintuv oʻtkazganidan soʻng halok boʻlganlar soni 49 nafar ekanligini maʼlum qildi. Mamlakatning rasmiy OAVlariga koʻra, yana 56 nafar tan jarohati olgan ishchi shifoxonalarga joylashtirilgan.

Yongʻingacha binoda 196 nafar ishchi yashagan. Ularning aksariyati janubiy va janubi-sharqiy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlari boʻlgan.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ijtimoiy tarmoqlar orqali taʼziya izhor qilib, voqeani «qaygʻuli» deb atadi. Mamlakatning Kuvaytdagi elchixonasi esa favqulodda yordam uchun maxsus ishlarni yoʻlga qoʻyganini maʼlum qildi.

Hindiston tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar va boshqa rasmiylar yordam va marhumlarni vataniga qaytarishni muvofiqlashtirmoqda.

Kuvayt hukumati jabrlanganlarga yordam berish uchun resurslarni safarbar qilishi kutilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер