Kutubxonachisiz kutubxona

22:03 25 Iyun 2025 Jamiyat
160 0

Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Guliston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida moʻjaz kutubxona ishga tushdi. Yaʼni ixchamgina yangi ziyo maskani muassasaning asosiy binosiga kirish hududida barpo etildi.

— Yangi kutubxonamizni ata­yin maktab hovlisiga joylashtirdik, — deydi maktab-internat direktori Gʻolibjon Bozorov. — Bundan koʻzlangan maqsad — oʻquvchilarimizning mutolaa bilan shugʻullanishi uchun yanada qulay sharoit yaratish. Endi maktabda oʻquvchilar bir soatlik katta tanaffus paytida ham kitob oʻqishi mumkin boʻladi. Shuningdek, ular darsdan tashqari xohlagan vaqtda kutubxonadan foydalanish imkoniyatiga ega.

Bu yerda oʻquvchidan kutubxonaga aʼzolik guvohnomasi soʻralmaydi. Јolaversa, unda kutubxonachi xizmat koʻrsatmaydi. Oʻquvchi xohlagan adabiyotni oʻzi olib, kutubxona atrofidagi oʻrindiqlarda mutolaa qilgach yana joyiga qoʻyib ketadi. Kutubxona fondi 1000 nusxa boʻlib, 300 nafar oʻquvchiga xizmat qiladi.

Darvoqe, maktab-internatning asosiy kutubxonasida 10 mingga yaqin kitob, koʻplab elektron koʻrinishdagi adabiyotlar hamda multimedia mahsulotlari mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер