Kusherboyev Konstitutsiyaviy sud oʻqishga kirishda berilayotgan imtiyozlarni Konstitutsiyaga mosligini koʻrib chiqishini talab qilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda OTMlarga qator soha vakillarining farzandlari imtiyoz orqali davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinayotgani yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda. Deputat Rasul Kusherboyev oʻzining telegram kanalida ushbu masalaga doir ayrim eslatmalarni yozib qoldirdi.
Uning qayd etishicha,Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasiga asosan, imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qoʻyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi shart.
Konstitutsiyaning 65-moddasigamuvofiq,farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengdirlar.
"Konstitutsiyaviy sud yuqorida keltirilgan Konstitutsiya talablaridan kelib chiqib ota onalarining kasbi va ijtimoiy mavqei sababli oʻqishga kirishda ularning bolalariga berilayotgan imtiyozlarni Konstitutsiyaga mosligini koʻrib chiqishi kerak.
Ota-onasi dehqon, haydovchi, oʻqituvchi, choʻpon, farrosh, mexanizator... boʻlsa bolada nima ayb", deydi deputat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring