Kurskdagi Rossiyaning muvaffaqiyatsizliklarda asosiy aybdor kim?
Foto: Newsweek
Rossiyaning yuqori martabali generali, general-polkovnik Aleksandr Lapin Rossiyaning Kurskdagi muvaffaqiyatsizligiga asosiy aybdor sifatida koʻrilmoqda. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar bergan.
Maʼlum boʻlishicha, Lapin avval ham urush harakatlariga munosabati uchun tanqidga uchragan edi. Hozirda esa rus harbiylari orasida general-polkovnik Aleksandr Lapinning kelajakdagi taqdiri muhokamalar markazida boʻlib turibdi.
Qayd etish kerakki, 2022-yilgi “Liman chekinishi”dagi roli uchun tanqid qilingan Lapin 2022-yil oktyabr oyida Rossiya markaziy harbiy okrugi rahbari lavozimidan chetlashtirilgandi. Keyinchalik u Rossiya quruqlikdagi kuchlari shtab boshligʻi etib tayinlandi va oxir-oqibat Leningrad harbiylari boshligʻi boʻlgandi. Harbiy okrug 2024-yil bahorida unga Kurskdagi harbiy harakatlar rejasini yangidan ko'rib
chiqishni topshirgandi, ammo Ukrainaning muvaffaqiyati esa uning ishlariga shubha paydo bo'lishiga sabab bo'lgan.
Moskva oʻz kuchlarini faol tarzda Kurskka jalb qilayotgan boʻlsa-da, Urushni tahlil qilish markazining taʼkidlashicha, vaziyat hanuzgacha rus harbiy tomonlari foydasiga oʻzgarmagan. Hozircha aziyat 122 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari chegara hududidan evakuatsiya qilinganini aytmasa, Moskva aytarli yutuqlarga erishmadi.
Kursk hujumi mojaro boshlanganidan beri xalqaro tan olingan Rossiya hududiga kiritilgan eng muhim yutuqlardan biridir. General-polkovnik Oleksandr Sirskiy boshchiligidagi Ukraina kuchlari tez surʼatlar bilan muvaffaqiyatga erishmoqda.
Mojaro davom etar ekan, Kurskdagi vaziyat Rossiyaning Ukraina bilan urushida duch keladigan kengroq muammolarni koʻrsatmoqda. Lapinning rahbarlik qarorlari, xususan, chegara mudofaasini demontaj qilish hozirgi inqirozga katta hissa qoʻshganiga dalil sifatida qaralyapti. Moskva Lapinga nisbatan qanday ish qoʻzgʻatishi hozircha nomaʼlum, ammo uning sustkashligiga baho berilishi mumkin.
Avvalroq, Sanepidqoʻmita “Maymun chechagi” kasalligi respublikamiz hududiga kirib kelish ehtimoli haqida munosabat bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring