Kurashchilarimiz jahon kubogi bahslarida 21 ta medalni qoʻlga kiritishdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 15-17-dekabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida erkaklar va ayollar oʻrtasida belbogʻli kurash boʻyicha jahon kubogi bellashuvlari boʻlib oʻtdi.
Mazkur jahon kubogida 23 ta davlatdan 300 nafarga yaqin polvonlar belbogʻli kurashning erkin va klassik yoʻnalishlarida gʻoliblik uchun bellashishdi.
Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov boshchiligidagi terma jamoamiz ushbu nufuzli musobaqada 2 ta oltin, 2 ta kumush va 17 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Jahon kubogi bahslarining erkin va klassik yoʻnalishlarida yakunida Farangiz Abdunabiyeva (52 кг.), Oybek Sultonov (68 kg.) oltin, Murodjon Hamidov (68 кг.), Lazzat Tulepberganova (70 kg.) kumush, Obidjon Ibragimov (57 кг.), Azizbek Kenjayev (57 кг.), Bekpoʻlat Bakirov (62 кг.), Abdutolib Mahkamov (68 кг.), Xislat Karimov (68 кг.), Oybek Mullaboyev (100 кг.), Feruzbek Mirzakarimov (100 кг.), Sobirjon Ussuboyev (100 кг.), Elmurod Ahmadjonov (68 кг.), Bekzod Kamoliddinov (90 кг.), Oybek Toshpoʻlatov (90 кг.), Manzura Moʻydinova (52 кг.), Moldir Alimboyeva (58 kg.) Nilufar Abenova (66 кг.), Aʼzamjon Anvarjonov (+100 кг.), Oʻrinboy Abdusamatov (+100 kg.) bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring