Kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionlari aniqlanmoqda

12:46 19 Aprel 2024 Sport
857 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Shu kunlarda Urganch shahrida kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan 800 nafarga yaqin yosh polvonlar sovrinli oʻrinlar uchun bellashmoqda.

Chempionatning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Xorazm viloyat prokuraturasi, viloyat sport boshqarmasi mutasaddilari davlatimiz rahbarining eʼtibori va qoʻllab-quvvatlashi natijasida milliy oʻyinlar darajasidan xalqaro sport turi maqomiga koʻtarilgan kurashning dunyodagi rivojida yurtimizda tashkil etilayotgan musobaqalarning saviyasi yuqori boʻlishi lozimligini taʼkidlandi.

Musobaqaning birinchi kunida Javohir Choriyev, jizzaxlik Komil Shodmonov, buxorolik Behroʻz Tilovov Zuhra Halimboyeva, Gulasal Uraimova, Sabina Rasulova va Elnoza Temirova oʻz vazn toifasida oltin medallarni qoʻlga kiritdi.

Bugun, 19-aprel kuni oʻgʻil bolalar oʻrtasida 60, 65, 71, 77, qizlar oʻrtasida esa 48, 52, 57 kg vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

Oʻzbekiston chempionati jarayonida Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Qodirov, federatsiya raisining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari Uygʻun Umarov va boshqa mutaxassislar davlatimiz rahbarining «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori asosida Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, «Doʻstlik» mahallasida qurib bitkazilgan kurash mahorat maktabida boʻlib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Mutaxassislar yurtimizda bunyod etilayotgan bu kabi majmualar oʻzbek kurashining rivojiga xizmat qilishini qayd etishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер