“Kulolchi” mahallasidagilar nimadan xursand?
Baʼzan kichik bir xushxabar ham koʻngilni togʻdek qiladi. Vobkent tumani “Kulolchi” mahallasida yashovchi Oliya Sharipova hududdagi 5 – maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining mukammal taʼmirlanib foydalanishga topshirilishini eshitib, bogʻcha tomon oshiqdi.
-Bu yerda nevaram Shahramjon taʼlim – tarbiya olmoqda,- deydi u.- Barcha ota – onalar qatori biz ham farzandlarimizning zamonaviy shart – sharoitlarda tarbiya topib, oʻsib – ulgʻayishini istaymiz, albatta. Nevaram ona tilidan tashqari xorijiy tilda ham binoyiday gapira boshladi. Bugun esa mukammal taʼmirdan chiqarilgan binodagi qulayliklarni koʻrib quvonchimga quvonch qoʻshildi.

Darhaqiqat, “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida 1,2 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga taʼmirlangan binoda endi jajji oʻgʻil – qizlar uchun mashgʻulotlarni risoladagidek oʻtkazish, bolalikning zavqli damlarini mazmunli tashkil etish borasidagi imkoniyatlar yanada kengaydi.
Aytish kerakki, 2025-yilda tumandagi 6 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mukammal taʼmirdan chiqarildi, 4 tasi yangitdan qurildi. Joriy yilda esa 7 ta DMTTni mukammal taʼmirlab, 3 ta yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti barpo etish rejalashtirilgan.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring