Kuchli zilziladan soʻng Yaponiyada 2 milliondan ortiq uy elektr taʼminotida uzildi, AESlarga tabiiy ofat taʼsiri oʻrganilmoqda 

21:26 16 Mart 2022 Dunyo
1183 0

Foto: Reuters

Yaponiyada 2 milliondan ortiq uy xoʻjaliklari mamlakat shimoli-sharqidagi kuchli zilziladan keyin elektr taʼminotisiz qolgan. Bu haqda TEPCO energetika kompaniya xabar bermoqda.

Xususan, butun mamlakat boʻylab taxminan 2,099 million xonadonda elektr taʼminotida uzilishlar qayd etilgan boʻlib, ulardan 703,3 mingtasi Tokio, 218 mingtasi Tiba prefekturasi, 307 mingtasi Kanagava prefekturasi va 298 mingtasi Saytama prefekturasiga toʻgʻri kelmoqda.

Shuningdek, “Fukusima-1” va “Fukusima-2” AESning operatori TEPCO kuchli zilziladan keyin obyektlarga yetishi mumkin boʻlgan zararni oʻrganmoqda.

“Hozirda biz ushbu zilzila jihozlarimizga taʼsirini baholayapmiz”, deyiladi kompaniya bayonotida. 

Avval xabar berganimizdek, bugun mahalliy vaqt bilan 23:36da Yaponiya shimoli-sharqida Tinch okeanida Fukusima prefekturasi yaqinida 7,3 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Uning oʻchogʻi 60 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Yer silkinishidan soʻng sunami xavfi eʼlon qilingan. Zilzila taʼsiri mamlakatning shimoli-sharqidagi va shimolidagi prefekturalarida ham sezilgan. Jumladan, poytaxt Tokioda kuchli toʻlqinli silkinishlar sezilgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida maʼlumot yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер