Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda psixotrop moddalarni muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda Yashnobod tumani “I.” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.P. va boshqalar fuqaro A.Sh.ga 3 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 300 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida fuqarolar S.G. va X.K.ning xonadonidan 229 dona “Zardeks” , 47 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi hamda 15 dona oq rangli kukunsimon, toʻq jigar rangli moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.
Eslatib oʻtamiz, Davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida 1 mlrd. 403 mln. soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring