Kuchli shamol Xorazm va Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarini elektr energiyasiz qoldirdi
Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilyotgan noqulay ob-havo (kuchli shamol) oqibatida ayrim hududlarda elektr energiyasida uzilishlar sodir bo‘lmoqda. Bu haqda Energetika vazirligining mahalliy boshqarmalari xabar bermoqda.
Jumladan, Xorazm viloyatining Urganch, Gurlan, Shovot, Bog‘ot, Yangibozor, Qo‘shko‘pir, Xonqa tumanlarida kuchli shamol elektr simyog‘ochlarini qulatgan, uylarning tomini uchirib ketgan, daraxtlar qulab, elektr tarmoqlariga zarar yetkazgan. Oqibatda, elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuz bergan.
Qayd qilinishicha, «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi brigadalari tomonidan avariya holatlarini bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuchli shamol esishi oqibatida ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirilgan. Shu sababli, ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda. Kuchli shamol esishi to‘xtagandan so‘ng elektr ta’minoti tiklanishi aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring