Kuala-Lumpur – Toshkent yoʻnalishida muntazam reyslar yoʻlga qoʻyiladi
Turizm qoʻmitasida “AirAsia X” aviakompaniyasi raisi Datuk Kamaruddin Meranun va kompaniya direktori Benyamin Ismoil boshchiligidagi Malayziya delegatsiyasi bilan aviareyslarni yoʻlga qoʻyish borasida muzokaralar oʻtkazildi.
Muzokaralarda joriy yil oktabr oyidan boshlab Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yoʻnalishida muntazam reyslarni haftasiga uch marotabadan amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
Bundan tashqari, uchinchi mamlakatlarga bogʻlovchi reyslar, jumladan, “Umra+” dasturi doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi hamda Malayziya tomoni Oʻzbekistonni madaniy va diniy turizm yoʻnalishida istiqbolli mamlakat sifatida koʻrayotganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring