Krishtianu Ronaldu bu kunni 21 yil, 10 oy va 29 kun kutdi

09:48 06 Sentyabr 2024 Sport
678 0

Portugaliyalik super yulduzi Krishtianu Ronaldu terma jamoasining UYEFA Millatlar ligasi doirasida Xorvatiyaga qarshi oʻyinida faoliyatidagi 900-golini urib, muhim marraga erishdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Ronalduning goli nafaqat oʻzi uchun, balki terma jamoasi uchun ham muhim boʻldi. Bu gol orqali portugallar Modrich boshchiligidagi Xorvatiyani 2:1 hisobida magʻlub qildi. Besh karra “Oltin toʻp” sohibi goldan keyin koʻzyoshlarini yashira olmadi.

Ronaldu tarixdagi rasmiy oʻyinlarda 900 ta gol urgan birinchi insonga aylandi. Bundan tashqari, uning terma jamoadagi gollari soni ham 131 taga yetdi va bu ham rekorddir. Shuningdek, u klubdagi faoliyati davomida 769 ta gol urgan. Bu ham futbol tarixidagi eng yuqori koʻrsatgichdir.

Oʻyindan soʻng Ronaldu 900 golga erishish ortidagi mashaqqatli mehnatni eʼtirof etib, ushbu muhim bosqich u uchun qanchalik muhimligini aytdi. U jismonan va ruhan baquvvat boʻlsa, bu raqamga yetishini har doim bilishini aytdi. Portugaliyalik yulduz oʻzining navbatdagi maqsadiga ham shama qildi — faoliyatidagi 1000 ta golga erishish.

Ronaldu “Sporting”da faoliyatini boshlangan, soʻngra “Manchester Yunayted”da samarali faoliyat olib borgan. Uning eng sermahsul klubi, shubhasiz, “Real Madrid” boʻlib, 900 ta golining 451 tasini aynan shu jamoa safida kiritgan.

Krishtianu Ronaldu ilk professional golini 2002-yil 7-oktyabrda “Sporting” safida Portugaliya Primera ligasi doirasidagi “Moreyrense” klubiga qarshi oʻyinda kiritgandi. U faoliyatidagi 900 golini esa 5-sentyabr 2024-yilda, birinchi golidan 21 yil, 10 oy va 29 kun oʻtgach kiritishga erishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер