Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
“Oʻzbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra quyidagilar tasdiqlandi:
- 2024–2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
- Oʻzbekiston Respublikasida milliy kriptologiya sohasini rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha 2024–2028-yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi.
Respublikaning oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.
Davlat va jamiyat hayotidagi real ehtiyojlarni inobatga olgan holda, respublikada kriptologiya sohasida dolzarb muammolarni oʻrganishga bagʻishlangan ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantirish ekspert guruhining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring