Kreml Putin va Zelenskiy uchrashuvining shartlarini maʼlum qildi
Foto: Illustrativ foto
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning maʼlum qilishicha, Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor, ammo bu uchun avvalo ekspertlar darajasida zarur tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak.
“Uchrashuvga zarur tayyorgarlik ishlari hali amalga oshirilmagan. Shuni ham eslatib oʻtamanki, prezident bunday uchrashuvni istisno qilmaydi, ammo bu uchun mutaxassislar darajasida ish olib borilishi va tegishli bosqichlardan oʻtilish kerak”, — dedi Peskov.
Peskovning soʻzlariga koʻra, shu hafta Rossiyada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilishi mumkin.
“Bunday uchrashuv ehtimoli istisno qilinmaydi”, — dedi Peskov. Uning soʻzlariga koʻra, AQSH prezidenti Donald Trampning vakili Stiv Uitkoff 6–7-avgust kunlari Rossiyaga kelishi kutilmoqda.
Avvalroq Peskov Putin, Zelenskiy va Tramp oʻrtasidagi ehtimoliy uchrashuv juda katta tayyorgarlik ishlarining natijasi boʻlishi lozimligini taʼkidlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring