Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestri tuziladi

21:27 05 Mart 2025 Iqtisodiyot
253 0

“Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Unga koʻra, kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri tuziladi. Bu kredit bitimi tuzishi mumkin boʻlmagan jismoniy shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasi boʻlib, kredit byurolari tomonidan yuritiladi.

Markaziy bank ushbu reyestr yuritish tartibini belgilaydi. Shuningdek, kredit byurolari uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 2 milliard soʻm etib belgilandi.

Agarda kredit byurolari kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi va kredit byurolari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etmasa, byurolar xizmati isteʼmolchilarining huquqlarini buzsa, qalbaki hujjatlardan foydalanilgan vaziyatlar aniqlansa Markaziy bank ularga sanksiyalar hamda BHMning 5 ming baravarigacha miqdorda jarima qoʻllashga haqli.

Bundan tashqari, jismoniy shaxs oʻz xabarisiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olish uchun kredit byurosiga ariza berib, oʻz nomiga bitim tuzishni taqiqlashi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер