Ko‘zi ojiz yoshlar uchun maxsus qurilmalar topshirildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligida Isroilning O‘zbekistondagi Elchixonasi ko‘magida ko‘zi ojiz yoshlar uchun zamonaviy qurilmalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda agentlik vakillari, Isroil elchixonasi xodimlari, 77-son maxsus maktab-internati o‘quvchilari, ularning ota-onalari hamda ustozlari ishtirok etdilar.
Agentlik direktori o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev xalqaro hamkorlarga ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirib, bunday tashabbuslar imkoniyati cheklangan bolalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning jamiyatga to‘liq integratsiyasi va shaxs sifatida rivojlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Isroil Davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gideon Lustig inklyuziya va teng imkoniyatlarni ta’minlash masalalari Isroil davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etib, mazkur yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Ushbu innovatsion qurilma ko‘rish imkoniyati cheklangan odamlarga atrof-muhitni yaxshiroq anglash, mustaqil harakatlanish, matnlarni ovozli formatda eshitish va kundalik hayotda mustaqil bo‘lish imkonini beradi, shuningdek foydalanuvchilarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Tadbir yakunida shuningdek, maxsus maktabga kitob o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma ham topshirildi.
Bolalar tashkilotchilarga minnatdorlik bildirib, ushbu innovatsion texnologiyalar ularga ta’lim olishda, mustaqil harakatlanishda va kelajakdagi maqsadlariga erishishda yordam berishini ta’kidladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring