Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlarini sanaydigan quruq statist boʻlib qolgan! – Prezident

Prezidentimiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatidan mutlaqo noroziligini aytdi.
Agentlik xodimlari vazirliklarga, hududlarga borib, aniq bir sohani tahlil qilib, muammolarga yechim berish oʻrniga, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlarini sanaydigan quruq statist boʻlib qolgani qayd etildi.
Agentlik rahbariyati korrupsiya holati eng koʻp boʻlgan tuman sogʻliqni saqlash, bandlik boʻlimi yoki bank filialiga borib, holatni oʻrganmagani, yangi zamonaviy tizim boʻyicha taklif bermagani koʻrsatib oʻtildi. Ushbu sohalarning bevosita rahbarlarining oʻz tizimini “korrupsiyadan xoli” qilish ishlari sustligi tanqid qilindi.
Prezident topshirigʻi bilan investitsiya dasturlari ustidan nazorat kuchaytirilganidan keyin oʻtgan yilni oʻzida 3 trillion soʻm iqtisod boʻldi. Yoki sogʻliqni saqlash tizimida “Situatsion markaz” ishga tushirilgani hisobiga 2024-yilda 1,2 trillion soʻmlik maqsadsiz xarajatlarning oldi olindi.
“Lekin, nega bu ishlar Prezident topshiriq berganidan keyin boshlanishi kerak?”, — deya savol qoʻydi davlatimiz rahbari.
Parlamentdagi byudjet qoʻmitalarida ham har yili byudjetdan eng koʻp mablagʻ oladigan 3 ta vazirlikka borib, korrupsiyaviy omillarni aniqlashda va oʻzgarish qilishda tashabbuskorlik yetishmayotgani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring